Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasida uchuvchisiz aviatsiya bataloni paydo bo‘ldi

1 daqiqa o'qish3.4K
Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasida uchuvchisiz aviatsiya bataloni paydo bo‘ldi
Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasida uchuvchisiz aviatsiyaning birinchi bataloni tashkil etildi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugi matbuot markazi xabar tarqatdi. Ta’kidlanishicha, ushbu qadam motoo‘qchilar va artilleriyaning jangovar salohiyatini oshirish imkonini beradi. «Orlan» uchuvchisiz aviatsiya majmuasi batalonning asosiga aylandi.

«Uchuvchisiz aviatsiya havo razvedkasi sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Uning yordamida 120 kilometrgacha masofaga real vaqt rejimida amalga oshiriladigan o‘q uzishni aniqroq sozlash mumkin bo‘ladi», - deya qayd etilgan Markaziy harbiy okrug xabarida.

«Orlan» uchuvchisiz majmuasi iqlim sharoitlaridan qat’iy nazar, eng noqulay bo‘lgan joylarda ham razvedka qilish imkonini yaratadi. Ular to‘xtovsiz ravishda 15 soatgacha ishlashi mumkin.

«Ko‘p funksional majmua yordamida bir vaqtning o‘zida to‘rtta uchuvchisiz qurilmani boshqarish mumkin. Shuningdek, tizim foydali yuklarni nazorat qilish uchun 30ta operatorga lokal tarmoqni yaratishga qodir», - deya qo‘shimcha qildi Markaziy harbiy okrug vakillari.

Bundan oldin, Sergey Shoygu Dushanbega kelgani, Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini yangi qurollar bilan ta’minlamoqchi ekani xabar qilingandi.

Manba: Kun
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?