
Foto: «Ukrainskiye novosti»
Kiyev sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ishi bo‘yicha chiqarilgan sud hukmini qayta ko‘rib chiqadi. Bu haqda «Vesti.ru»ga tayanib Daryo xabar berdi.
Appelyatsiya shikoyati yanvar oyida Obolon tuman sudi mamlakatning sobiq prezidentini davlatga xoinlik uchun 13 yilga ozodlikdan mahrum qilganidan so‘ng berilgan.
Sud hukmida qayd etilishicha, Yanukov Ukrainaga qarshi agressiv urush olib borishga yordam bergan. Shu bilan birga, mamlakat hududiy birligiga tahdid qilganlik ayblovi olib tashlandi.
Kiyev SudiViktor YanukovichSud HukmiAppelyatsiya ShikoyatiAgressiv UrushMamlakat Birligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar