14:23 / 18.06.2019
2 691

Mishel Platini hibsga olindi

Mishel Platini hibsga olindi
UYeFAning sobiq prezidenti Mishel Platini JCh-2022 mezbonligini aniqlashda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgani bo‘yicha ish doirasida Fransiyada qo‘lga olindi. Bu haqda Mediapart nashri xabar bermoqda.

1984 yilgi Yevropa chempionati g‘olibi, 63 yoshli sobiq futbolchi va sobiq amaldor Nanterredagi aksilkorrupsiya boshqarmasiga olib kelingan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, sobiq amaldor 18 iyun kuni hibs qilingan. Tekshiruv doirasida fransuz siyosatchisi, Nikolya Sarkozi prezidentligi vaqtida hukumat tarkibida bo‘lgan Klod Gean ham so‘roq qilingan.

Ma’lumot uchun, 2010 yilning dekabrida FIFA ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi qaroriga ko‘ra 2022 yilgi jahon chempionati mezbonligini Qatar qo‘lga kiritgan. O‘sha vaqtdayoq ingliz matbuotida ushbu tanlovda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgani ehtimoli bo‘yicha tekshiruvlar chiqa boshlagandi. Xabarlarda Qatar vakillaridan 5 million dollar miqdorida pora olingani aytilgandi.

FIFA mustaqil komissiyaga ushbu ishni tekshirishni topshirgandi. 2014 yilda bu ishda korrupsion kelishuvni isbotlovchi dalillar topilmagani e’lon qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mishel Platini hibsga olindi