Kylian Mbappe JCh-2022 finalini nima uchun qayta koʻrmasligini aytdi

1 daqiqa o'qish676
Kylian Mbappe JCh-2022 finalini nima uchun qayta koʻrmasligini aytdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Fransiya terma jamoasi sardori Kylian Mbappe Argentina bilan kechgan JCh-2022 finalidagi og'riqli mag'lubiyatni hali ham unuta olmayotganini ma'lum qildi.
  • Uchrashuvni qayta ko'rish ruhiy jarohatlarni yana uyg'otishi mumkinligidan xavotirda ekanini ta'kidlagan hujumchi Dohadagi bahsni hech qachon boshqatdan tomosha qilmasligini bildirdi.

Fransiya terma jamoasi sardori Kylian Mbappe Argentina bilan boʻlib oʻtgan JCh-2022 finalidagi magʻlubiyatni hali ham unuta olmayotganini tan oldi. Real Madrid yulduzi Qatardagi oʻsha dramatik bahsda tarixiy xet-trik qayd etgan boʻlsa-da, oʻyinni qayta tomosha qilish ruhiy jarohatlarni yangilashi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Dohadagi finalda Fransiya 3:3 hisobidagi durangdan soʻng penaltilar seriyasida 4:2 hisobida magʻlub boʻlgan edi. Oʻshanda 23 yoshda boʻlgan hujumchi ketma-ket ikkita finalda oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi va uchta gol urib ham magʻlub boʻlgan yagona oʻyinchi sifatida tarixda qoldi. U turnirning "Oltin butsa" sovrinini qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, jamoaviy muvaffaqiyatsizlik shaxsiy rekordlardan ustun keldi.

Sorare nashriga bergan intervyusida Kylian Mbappe oʻsha uchrashuv haqida shunday dedi: "Barcha davrlarning eng buyuk finalimi? Menimcha, tomoshaboplik, ssenariy va kutilmagan burilishlar borasida unga teng keladigani yoʻq. Hammasi penaltilar bilan tugadi — bu har qanday futbolchi uchun eng shafqatsiz yakun".

Hujumchi oʻyinni qayta koʻrishdan bosh tortishini quyidagicha izohladi: "Bu yo Lionel Messi uchun ilk jahon chempionligi, yoki Fransiya uchun ketma-ket ikkinchi gʻalaba boʻlishi kerak edi, shuning uchun u har qanday holatda tarixiy edi. Men oʻyinni qayta koʻrdimmi? Hech qachon! Agar buni qilsam, ichimdagi 'demonlar' (yomon xotiralar) uygʻonib ketishi mumkin deb oʻylayman".

Lusail stadionidagi oʻsha oʻyinda Kylian Mbappe 95 soniya ichida dubl qayd etib, Didier Deschamps jamoasini magʻlubiyatdan qutqarib qolgan edi. Uning 81-daqiqada urgan tenglashtiruvchi goli soatiga 123,34 km tezlikda harakatlanib, butun turnirning eng kuchli zarbasi sifatida qayd etilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?