Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20 iyundagi jonli muloqot vaqtida o‘zga sayyoralik ekanligi yoki yo‘qligi haqidagi savolga o‘zga sayyoralik emasligini va unda bunga isbotlar borligini aytdi.
“Yo‘q, menda bunga isbotlar va qarindoshlarim, yaqinlarim, farzandlarim shaxsida guvohlarim bor”, deb javob qilgan Rossiya yetakchisi.
Shuningdek, Putin prezident bo‘lish joniga tegmaganligini aytgan.
“Prezident bo‘lish jonimga tegmadi. Aks holda, joriy prezidentlik muddatiga nomzodimni qo‘ymagan bo‘lardim”, deb javob qilgan Putin.
Shuningdek, undan biror-bir ish uchun uyalishi haqida so‘ralganda, ko‘ziga yosh oldi. Shunda Putin 2000-yillar boshida bo‘lgan voqea haqida so‘zlab berdi. Putinning ishchi safari vaqtida bir ayol uning oldida tiz cho‘kib, unga iltimos bildirilgan maktub bergan. Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, uning yordamchilari bu maktubni yo‘qotib qo‘yishgan.
“Men bunday o‘nlab maktublarni o‘qib, o‘sha maktub nima haqida bo‘lganini deyarli bilaman. Unda turmada o‘tirgan o‘g‘liga yordam berish yoki shunga o‘xshash iltimos bo‘lgan bo‘lsa kerak. Biroq gap bundamas, gap maktubni yo‘qotib qo‘yishganda”, deb aytgan Putin va hanuzgacha bu ish uchun uyatda ekanligi aytgan.
Avvalroq u muloqot vaqtida uning topshiriqlari bajarilmaganda o‘zini aybdor his qilishini aytgan.
Putin bilan jonli muloqot 17-marta bo‘lib o‘tdi va 4 soat 16 daqiqa davom etdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti