date
views 2 879

Xitoy hukumati turistlarning smartfonlariga josus dasturlar oʻrnatmoqda

Xitoy hukumati turistlarning smartfonlariga josus dasturlar oʻrnatmoqda
Foto: Tashbox
Xitoylik bojxonachilar Sinszyandagi ayrim oʻtkazish punktlari orqali mamlakatga kirayotgan turistlarning smartfonini tekshirishda josuslik dasturlaridan foydalanmoqda. Virus qurilmani skaner qilib, undan maʼlumotlarni hukumatga topshiradi, deb xabar beradi Daryo.uz nashri.

BXAQ nomini olgan josuslik dasturi smartfondagi telefon raqamlar, xabarlar, qoʻngʻiroqlar tarixi, kalendardagi qaydlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqdagi niklarini ham koʻchirib oladi. Shundan soʻng dastur yigʻilgan maʼlumotlarni hisobot shaklida maxsus serverga yuboradi.

Jurnalistlarning taʼkidlashicha, hozircha mazkur dastur Qirgʻiziston orqali Xitoyga kirib kelayotgan fuqarolarning telefoniga oʻrnatilmoqda. Turistlardan telefonini topshirishdan oldin uni blokdan chiqarib berishlarini talab qilishmoqda. Hozircha josuslik dasturini kamida bir nafar turist, shuningdek, Süddeutsche Zeitung gazetasi muxbiri oʻz telefonidan topgan.

Maʼlumotlarga koʻra, bu kabi kuzatuvlar musulmon ozchiligiga, jumladan, Xitoy shimolida istiqomat qiluvchi uygʻur xalqiga qarshi yoʻnaltirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy hukumati turistlarning smartfonlariga josus dasturlar oʻrnatmoqda