10:40 / 29.07.2019
2 536

Braziliyada 30 mln dollarlik oltin o‘g‘irlash ishtirokchilaridan biri qo‘lga olingan

Braziliyada 30 mln dollarlik oltin o‘g‘irlash ishtirokchilaridan biri qo‘lga olingan
Braziliyaning San Paolo shahri xalqaro aeroportida qariyb 30 mln AQSh dollari miqdorida bo‘lgan oltinni kunduzi o‘g‘irlab ketishda gumondorlarning biri qo‘lga olindi. 25 iyul kungi hodisaga aloqador yana bir kishi hamon qidirilmoqda, deya xabar qilmoqda Kun.uz nashri Reuters agentligiga tayangan holda.

Hozircha, Guarulhos xalqaro aeroportining yuk terminalidan 718,9 kg oltinni o‘g‘irlashdagi gumondorlarning ism-sharifini oshkor qilgani yo‘q.

Oltinni aeroportga yetkazib berishga mas’ul bo‘lgan Brink’s Co xavfsizlik firmasi, ushbu voqeadan keyin bergan bayonotida ta’kidlaganidek, u yukni yetkazib berish vazifasini tamomlagani hamda o‘g‘irlik sodir etilgan vaqtda oltinlar aviakompaniya ixtiyorida bo‘lgan.

Umuman, politsiya mahkamasi o‘g‘irlikda 40 mln dollarlik 750 kg oltin va boshqa qimmatbaho metallar olib ketilganini taxmin qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyada 30 mln dollarlik oltin o‘g‘irlash ishtirokchilaridan biri qo‘lga olingan