
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Anqaradagi nutqi vaqtida eʼtiroz bildirdi. Zelenskiy oʻz nutqi vaqtida Kerch boʻgʻozida Rossiya tomonidan ushlangan ukrainalik dengizchilardan birining ota-onasi unga sovgʻa qilgan braslet haqida qizgʻin soʻzlagan.
Erdoʻgʻan Zelenskiy ushbu brasletni dengizchilarni ortga qaytarmaguncha yechmaslikka vaʼda berishini aytgan vaqtda uning gapini boʻlgan.
“Agar har safar braslet taqadigan boʻlinsa, unda yaqinda qoʻlda joy qolmaydi. Biz brasletlarni taqishni talab qiladigan koʻp voqealarni boshdan kechiramiz. Butun dunyoda odamlar aziyat chekmoqda – Kerch boʻgʻozidan tortib Falastin va Myanmagacha”, deb oʻz eʼtirozini bildirgan Turkiya prezidenti.
Zelenskiy nutqi orqali Kerch boʻgʻozida 2018-yil 28-noyabrda yuz bergan voqeaga eʼtibor qaratmoqchi boʻlgan. Oʻshanda Ukrainaning ikkita harbiy kateri va buksiri Rossiya suv hududlariga bostirib kirgan. Ular boʻgʻozda xavfli harakatlar amalga oshirib, rossiyalik chegarachilarning talablariga javob berishmagan. Shundan keyin kemalar ushlanib, undagi dengizchilar hibsga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar