date
views 3 422

Ukrainada dollarni milliy valyuta qilish iltimos qilindi

Ukrainada dollarni milliy valyuta qilish iltimos qilindi
Ukraina prezidenti saytida Ukrainada pul islohoti o‘tkazib, AQSh dollarini milliy valyuta qilish iltimosi bildirilgan petitsiya ro‘yxatga olindi.

“Ukraina milliy valyutasining beqarorligi sababli pul islohoti o‘tkazib, Ukraina milliy valyutasi grivnani barqarorroq valyuta – AQSh dollariga narx-navo, maoshlar, stipendiyalar, pensiyalar, korxona, muassasa va tashkilotlar hisobidagi mablag‘lar va fuqarolar omonotlarini qayta hisoblash bilan almashtirishni so‘raymiz”, deb yozgan petitsiya muallifi.

Iltimosnoma 7 avgustda qayd qilingan, bu vaqt ichida uni 100 dan ko‘proq odam imzolagan.
Murojaatni prezident ko‘rib chiqishi uchun u 90 kun ichida kamida 25 ming imzo to‘plashi lozim.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada dollarni milliy valyuta qilish iltimos qilindi