
Fransiyaning gʻarbiy qismida joylashgan Dovil shahrida nasldor ingliz oti 1,6 million yevroga sotildi, deb xabar bermoqda Daryo nashri.
Qayd etilishicha, 18 oylik toʻriq ot Dubaydagi Godolphin kompaniyasi tomonidan sotib olingan. Ot BAA bosh vaziri va Dubay amiri Muhammad ibn Rashid al-Maktumga tegishli boʻlgan Dubaviy laqabli aygʻir ot naslidan hisoblanadi.
Bu aygʻir otning avlodlari birinchi marta auksionga qoʻyilishi emas. 2017-yilda Dubaviydan kelib chiqqan ot 1,55 million yevroga sotilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar