
Foto: Krzysztof Sitkowski / KPRP
Germaniya Ikkinchi jahon urushidagi jinoyatlar uchun javobgar ekanligini unutmaydi. Bu haqda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Polshaning Velyun shahrida fashistlar hujumining 80 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xotirlash tadbirida ma’lum qildi.
«Men Velyunga qilingan hujum qurbonlari oldida bosh egaman. Nemis zolimligi qurboni bo‘lgan polshaliklar oldida bosh egaman. Va kechirim so‘rayman», — dedi Shtaynmayer nemis va polyak tillarida.
U 1939 yil 1 sentyabrda nemislar jinoyati tufayli Velyunda «do‘zax» boshlanganini qayd etdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Velyunning bombardimon qilinishi nemis HHKning terrorchilik hujumi bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar