To‘yda selfi tushaman deb to‘rt kishi halok bo‘ldi

To‘yda selfi tushaman deb to‘rt kishi halok bo‘ldi
Foto: AP
«Times of India» yozishicha, Hindistonda to‘rt kishi selfimaniya qurboni bo‘ldi.
Politsiya xabariga ko‘ra, voqea kecha, 7 oktyabr kuni Tamilnad shtatidagi to‘g‘on yonida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, kelin-kuyov — Nivedita va Praxba hamda ularning qarindoshlari — Kanita, Snexa, Uvarani va Santosh to‘g‘onning yonginasida birga selfi-suratga tushmoqchi bo‘lgan. Nimadir bo‘lib, kuyovdan boshqa hammasi suvga yiqilib ketgan. Praxbu suvga sakrab kelinchakni qutqarib qolgan, qolgan to‘rt kishi cho‘kib ketgan.
To‘yda selfi tushaman deb to‘rt kishi halok bo‘ldi
Foto: Aththa Withthi
Keyinchalik jasadlar topilib, o‘likxonaga yuborilgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar