Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turkiyalik harbiylarning Suriyadagi vazifasi nimadan iborat ekani haqida gapirdi. Bu haqda Kun.uz nashri TASSga tayanib xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya hukumati terrorizmga qarshi yetarlicha kurash olib bora olmaydi.
Erdo‘g‘an Suriya prezidenti Bashar Asad boshqaruvidagi rejim terrorchilarga qarshi tura olmasligi, shu tufayli bu ish bilan turk harbiylari shug‘ullanishini ta’kidlagan.
U shuningdek, G‘arb davlatlarining Turkiya Suriyada «Tinchlik bulog‘i» amaliyoti o‘tkazishiga nisbatan bildirayotgan e’tirozlariga javob qaytargan.
Turkiya rahbari hech kim Anqaraga tahdid qilib, uni chekintira olmasligini eslatib o‘tgan.
«Tinchlik bulog‘i» amaliyoti
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9 oktyabr kuni Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi va IShID jangarilariga qarshi harbiy amaliyot boshlanganini e’lon qildi.
Turkiyaliklar yetakchisi bu amaliyotning asosiy uch maqsadini keltirgan: janubiy chegaralarni terrorchilardan tozalash, Suriya hududiy yaxlitligini himoya qilish va shu vaqtgacha Turkiya hududida yashab kelayotgan suriyalik qochqinlarni joylashtirish uchun «xavfsiz hudud» barpo etish.
Shu kunlarda Vashington Suriyadan o‘z harbiylarini olib ketishi haqida e’lon qilgach, Turkiya aviatsiyasi Suriyaning chegara hududidagi Ras-al-Ayn va boshqa shaharlariga havo zarbalari berishni boshladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, turkiyalik harbiylar tomonidan o‘ldirilgan kurd harbiylari soni 500 nafarga yaqinni tashkil qilmoqda.
Suriya hukumati rasmiy Anqarani Suriya shimolida amaliyot boshlagani uchun qoralamoqda. Xalqaro hamjamiyat Turkiyadan harbiy harakatlarni to‘xtatishni talab etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi