00:30 / 16.11.2019
15 660

Singapur haqida qiziqarli ma'lumotlar

Singapur haqida qiziqarli ma'lumotlar
Singapurning iqtisodiy o‘sishi eng qiziqarli fakt hisoblanib, u aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi 100000 dollarga yaqin va dunyoda 5-o‘rinda turadi. Bu o‘z-o‘zidan aql bovar qilmaydigan ma’lumot hisoblanadi, chunki bu mamlakat 1965-yilgacha mavjud bo‘lmagan.

Bundan tashqari Singapur yaxshi haq to‘laydigan davlat hisoblanib aholining yillik daromadi 1,7 million dollardan oshadi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda Shveysariya va AQShdan keyin 3-o‘rinda turadi. Shuningdek ushbu davlat korrupsiyasiz zona sifatida ham mashhur.

Singapur nisbatan tinch davlat hisoblanadi, chunki Britaniya hukumati ta’kidlaganidek, bu yerda jinoyatlar deyarli sodir etilmaydi va zo‘ravonliklar ham kam uchraydi.

Derazalarni ochiq holda uxlash, eshikni ochiq qoldirish odatiy holdir. Hech narsadan qo‘rqmasdan istalgan vaqtda Singapurni aylanish mumkin.
Buning dalili sifatida BMTning Jinoyat va Giyohvand moddalar bo‘yicha Boshqarmasi 2017 yilda Yaponiya bilan birgalikda dunyoda jinoyatchilik darajasi eng past bo‘lgan mamlakat sifatida Singapurni ro‘yxatga oldi.

Yana bir qiziq narsa shuki, Singapurda saqich chaynash 1992-yildan beri taqiqlangan.
Ammo saqich chaynash jinoyat emas, balki uni import qilish jinoyatdir. Chet eldan saqich olib kelishingiz sizni saqich kontrabandasiga aylantirishi mumkin. Bu uchun jarimalar juda katta bo‘lib, 100000 AQSh dollarigacha jarima va 2 yillik qamoq jazosi bilan jazolanadi.

Bundan tashqari tupurish kabi jirkanch xatti-harakatlar, shuningdek boshqa joylarda odatiy hol bo‘lgan xatti-harakatlar, masalan jamoat oldida yomon musiqa chalish yoki odobsizlarcha qo‘shiqlar kuylash taqiqlanadi.

Juda kulgili, ammo ajoyib Singapur haqiqati: hojatxonani yuvmaslik ham qonunbuzarlikdir.
Jamoat joylarida va uy sharoitida yalang‘och holda yurish noqonuniy hisoblanadi va 2000 AQSh dollari yoki uch oygacha qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Singapur haqida qiziqarli ma'lumotlar