21:40 / 17.11.2019
3 539

Britaniyalik erkak lotereyadan yutgan 12,5 mln dollarini ko‘ngilxushlikka sarflab yubordi

Britaniyalik erkak lotereyadan yutgan 12,5 mln dollarini ko‘ngilxushlikka sarflab yubordi
Britaniyada yashovchi Miki Kerol ismli erkak lotereyadan yutib olgan 9,7 million funt sterling (qariyb 12,5 million dollar)ni ichkilikka sarflab yubordi, deb yozadi The Mirror.

Foto: The Mirror
Endilikda erkak kun ko‘rish uchun shaxtyor bo‘lib ishlamoqda hamda o‘zini baxtliroq his qilayotganini aytmoqda, deyiladi xabarda.

Foto: Daily Record
Miki 2002 yilda bir funt sterling evaziga lotereya chiptasini sotib olgan. O‘shanda u 19 yoshda edi. Miki chiqindi tozalovchi bo‘lib ishlardi. Uning xotini homilador edi. Kerol lotereyadan pul yutib olganidan so‘ng bir million funt sterlingni onasiga, yana bir millionni esa otasining o‘limidan so‘ng uni katta qilishga onasiga yordamlashgan tog‘asi va xolasiga bergan.

Foto: AP
Miki pullarining asosiy qismini ichkilik, narkotiklar hamda ko‘ngilxushlikka sarflay boshladi. U kuniga kamida ikki butilka aroq ichardi. Shundan so‘ng xotini u bilan ajrashdi. Miki ayoliga va uning onasiga bir million funt sterlingdan berdi. Uning puli ko‘p payti do‘stlari ham ko‘paydi. Puli tugagach, hamma undan yuz o‘girdi. 2013 yilda u pullaridan va uyidan ayrildi. Uni hech kim ishga olishni istamadi.

Foto: AP
Kerol hozirda Shotlandiyaning Mori okrugida shaxtyor bo‘lib ishlaydi. Erkak bir kunda o‘n soatlab vaqtini shaxtada o‘tkazadi. Biroq u o‘zini endilikda baxtliroq his etayotganini aytadi. Shu bilan birga vaqtni ortga qaytarishning iloji bo‘lsa «hech narsani o‘zgartirmasdim», deydi u. «Bu hayotimdagi eng quvnoq va ajoyib damlar edi», deya so‘zlarini davom ettiradi Kerol.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik erkak lotereyadan yutgan 12,5 mln dollarini ko‘ngilxushlikka sarflab yubordi