date
views 4 638

Hasanboy Do‘smatov «ko‘cha jangi»da ishtirok etdimi? (video)

Hasanboy Do‘smatov «ko‘cha jangi»da ishtirok etdimi? (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek bokschisi Hasanboy Do‘smatov ko‘chada kim bilandir kelisholmay «raqibi»ni super nokautga uchratgani tasvirlangan video tarqaldi.
Xabardor.uz muxbiri ushbu voqeaga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi bilan bog‘landi. Federatsiya vakilining ma’lum qilishicha, video tasvirdagi shaxs Hasanboy Do‘smatov emas.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 noyabr kuni 2016 yilgi Rio olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi ilk jangini o‘tkazgan edi. Meksikada tashkil etilgan debyut jangini u meksikalik Xesus Servantes Vilyanuyevaga qarshi o‘tkazib, nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.

Hasanboy professional faoliyatini birinchi o‘ta yengil – 48,99 kg. vazn toifasida boshladi.
Ushbu janjal aslida O‘zbekistonda emas, balki Rossiyada yuz bergan. Videodagi jabrlanuvchi Chechenistonning Argun shahri politsiyasining sobiq rahbari Ayub Katayevdir.

Ayub Katayevni 3 noyabr kuni Moskvadagi to‘qimachilik korxonasi yaqinida joylashgan bar oldida kaltaklashgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Katayev osiyocha ko‘rinishga ega ikki erkak bilan tortishib qolgan. Katayev ulardan birini turtgan. Shundan so‘ng erkaklar uning jag‘iga ikki marta tushirib, yerga yiqitgan: VIDEO

Janjaldan biroz vaqt o‘tib, Katayev IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, chechenistonlik politsiyachini urgan erkaklarning shaxsi aniqlanmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hasanboy Do‘smatov «ko‘cha jangi»da ishtirok etdimi? (video)