Boliviya hukumati Evo Moralesni hibsga olishga order beradi

1 daqiqa o'qish2.6K
Boliviya hukumati Evo Moralesni hibsga olishga order beradi
Yaqin kunlarda Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Moralesni hibsga olish to’g’risida order chiqariladi. Bu haqda mamlakatning vaqtincha prezidenti Janin An es ma'lum qildi.

«U (Morales) ortga (Boliviyaga) qaytsa xalq oldida, adliya idoralariga javob berishi kerakligini yaxshi biladi. Yaqin kunlarda uni hibsga olish to’g’risida order chiqariladi, biz tegishli so’rovni yuborganmiz», - dedi An es jurnalistlarning savollariga javoban.

Shu bilan birgalikda, u Morales qachon istasa Boliviyaga qaytishi mumkinligi, chunki uning o’zi mamlakatdan ketishga qaror qilgani haqida aytib o’tdi.

Payshanba kuni Argentina TIV Morales Argentinaga kelgani haqida ma'lum qilgandi. Avvalroq u ushbu mamlakat hukumatidan boshpana so’ragandi.

Shu kunlarda Argentinadagi Expreso de Salta nashri Morales Argentinadagi Boliviya bilan chegaraga yaqin hududda joylashgan San-Ramon-de-la-Nueva-Oran shaharchasida istiqomat qilishi haqida xabar tarqatdi.

Nashr ma'lumotiga ko’ra, u shu yerdan turib «Sotsializmga tomon harakat» partiyasidan 2020 yilgi prezidentlik kampaniyasini boshqarmoqchi.

Evo Morales va Boliviyaning boshqa yuqori lavozimdagi rahbariyati shu yilning 10 noyabrida prezidentlik saylovlarining bahsli natijalari tufayli 19 kun davom etgan siyosiy noroziliklardan keyin iste'foga chiqqan. Mamlakatda Senat spikerining ikkinchi o’rinbosari Janin An es prezident vazifasini bajarishga kirishib, yangi hukumatni shakllantirgan. Morales bu hodisani «fuqarolar tomonidan davlat to’ntarishi» deb atagan va mamlakatda barqarorlik saqlanishi uchun iste'foga ketayotganini ma'lum qilgan.

Iste'fodan keyin Morales Meksikaga yo’l oldi. 7 dekabr kuni sobiq prezident tibbiy ko’rikdan o’tish uchun Kubaga yo’l olgani ma'lum bo’ldi.

Noyabr oyi oxirida Janin An es 20 oktyabr kungi prezidentlik saylovlari natijasini bekor qilib yangi umumxalq saylovi o’tkazish to’g’risidagi qonun loyihasini imzoladi. Avvalroq ushbu qonun loyihasi Boliviya parlamenti tomonidan bir ovozdan ma'qullangandi.

Mazkur qonun loyihasi amalda Moralesning keyingi saylovlarda qatnashish imkoniyatini yo’qqa chiqaradi.

Bi-bi-si nashri uchun bergan interv yusida Morales AQSh elchixonasi unga fitna uyushtirganini ta'kidlab, AQShni davlat to’ntarishi tashkillashtirishda ayblagandi.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?