2 260
Lukashenko soxtakorlik bilan shug‘ullanayotgan mansabdorlarni hech qanday sud va tergovlarsiz qamashni taklif qildi
Foto: Nataliya Fedosenko/TASS
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ish samaradorligini baholashga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartirishni talab qilar ekan, soxtakorlik bilan shug‘ullanayotgan mansabdorlarni hech qanday sud va tergovlarsiz qamashni taklif qildi.
"Menga hisobot berishlaricha, bizda hali ham rejali majburiyat tizimiga barham berilmagan, deyarli hamma: militsiya, bojxona, soliq, o‘t o‘chirish xizmati, sanstansiya va boshqalar shu bilan mashg‘ul. Ish shungacha yetib boradiki, rahbariyat xodimlardan kuniga uchta-beshta qonunbuzarlik aniqlangani to‘g‘risida bayonnoma olib kelishni talab qiladi, bayonnoma yo‘q bo‘lsa xodim mukofotsiz qoladi. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, buning uchun sud va tergovsiz qamash kerak", dedi u.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, aks holda bu muammoni tag-tugi bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi.
Uning fikricha, ishning asosiy natijasi aniqlangan qonunbuzarlik va yozilgan jarimalar soni emas, balki profilaktik ta’sir hisoblanadi.
Lukashenko amaldagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksda har qanday nizoli holatni jazolash yo‘li bilan hal etish ko‘zda tutilgani, bu sovet davridan qolganini ta’kidladi. U ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunchilikka keng miqyosdagi o‘zgartirishlar kiritishni buyurdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi