11:33 / 14.02.2020
5 013

Ekspertlar: Koronavirus bilan Yer aholisining uchdan ikki qismi kasallanishi mumkin

Ekspertlar: Koronavirus bilan Yer aholisining uchdan ikki qismi kasallanishi mumkin
Foto: Reuters
Yangi turdagi koronavirus bilan Yer aholisining uchdan ikki qismi kasallanishi mumkin. Bu haqda infeksiyaning Xitoyda tarqalishini tadqiq qilayotgan JSST maslahatchisi, virusolog Ayru Laonjiniga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Lonjinining fikricha, kasallikning tarqalishini karantingina sekinlashtira oladi. Biroq Xitoy hukumati tegishli chora-tadbirlarni qo‘llashidan oldin koronavirus boshqa mamlakatlarda ham qayd etildi. 13 fevral kuni Xitoy tashxis qo‘yish usulini o‘zgartirganini ma’lum qilganidan so‘ng, bir sutka davomida kasallikka chalinganlar soni deyarli 15 ming kishidan ortib ketdi.

Lonjinining qarashlari virus bilan kasallangan odam infeksiyani boshqa ikki-uch kishiga yuqtirayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikni tezda aniqlash imkonini beradigan testlar mavjud emasligi sabab koronavirusning tarqalishini kuzatish juda qiyin, ayrim kasallarda esa u nisbatan oson kechmoqda.

COVID-19 virusi Yer aholisining uchdan ikki qismiga tarqalishi mumkinligi haqidagi farazni Gonkong universiteti Xalq salomatligi tibbiyoti kafedrasi professori Gabriel Lung ham qo‘llab-quvvatlagan. Londondagi Imperial kolleji tadqiqotchisi Nil Fergyussonning ma’lum qilishicha, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni kuniga 50 ming kishini tashkil etishi mumkin.

Shifokorlar 13 fevral tongi holatiga ko‘ra, yangi turdagi koronavirus sabab COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan jami 48 206 kishini ro‘yxatga olgan. O‘zbekistonda esa 13 fevral holatiga ko‘ra koronavirusga chalingan bemorlar yo‘qligi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekspertlar: Koronavirus bilan Yer aholisining uchdan ikki qismi kasallanishi mumkin