4 360
Dunyodagi eng yirik yo‘lovchi samolyoti Buyuk Britaniyadagi to‘fon sabab uchish yo‘lagida «osilib» qoldi (video)
Etihat Airways aviakompaniyasiga tegishli Abu-Dabidan Londonga uchgan yo‘lovchi samolyoti «Dennis» to‘foni sabab Xitrou aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida «qotib» qoldi. Samolyotning qo‘nayotgani tasvirlangan video YouTube’dagi SpeedbirdTV kanaliga joylashtirildi.
Mazkur hodisa 15 fevral kuni Airbus A380 samolyoti bilan sodir bo‘lgan. Bu yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan dunyodagi eng katta samolyot hisoblanadi, uning maksimal og‘irligi 394 tonnaga teng. Videodan ko‘rish mumkinki, kuchli shamol sabab samolyot bir necha soniyaga uchish-qo‘nish yo‘lagi uzra qotib qolgan, shundan so‘ng u burchak ostida qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan. Havo kemasining qo‘nishi oqibatida jarohat olganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Euronews’ning ma’lum qilishicha, reys yo‘lovchilari ijtimoiy tarmoqlar orqali uchuvchilarga minnatdorchilik bildirgan.
«Dennis» to‘foni Buyuk Britaniyaga so‘nggi oy davomida yopirilgan ikkinchi to‘fon hisoblanadi. 16 fevral kuni boshlangan to‘fon oqibatida kuchli yog‘ingarchilik, suv toshqinlari va soatiga 146 kilometr esadigan shamol yuzaga keldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi