4 356
Dunyodagi eng yirik yo‘lovchi samolyoti Buyuk Britaniyadagi to‘fon sabab uchish yo‘lagida «osilib» qoldi (video)
Etihat Airways aviakompaniyasiga tegishli Abu-Dabidan Londonga uchgan yo‘lovchi samolyoti «Dennis» to‘foni sabab Xitrou aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida «qotib» qoldi. Samolyotning qo‘nayotgani tasvirlangan video YouTube’dagi SpeedbirdTV kanaliga joylashtirildi.
Mazkur hodisa 15 fevral kuni Airbus A380 samolyoti bilan sodir bo‘lgan. Bu yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan dunyodagi eng katta samolyot hisoblanadi, uning maksimal og‘irligi 394 tonnaga teng. Videodan ko‘rish mumkinki, kuchli shamol sabab samolyot bir necha soniyaga uchish-qo‘nish yo‘lagi uzra qotib qolgan, shundan so‘ng u burchak ostida qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan. Havo kemasining qo‘nishi oqibatida jarohat olganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Euronews’ning ma’lum qilishicha, reys yo‘lovchilari ijtimoiy tarmoqlar orqali uchuvchilarga minnatdorchilik bildirgan.
«Dennis» to‘foni Buyuk Britaniyaga so‘nggi oy davomida yopirilgan ikkinchi to‘fon hisoblanadi. 16 fevral kuni boshlangan to‘fon oqibatida kuchli yog‘ingarchilik, suv toshqinlari va soatiga 146 kilometr esadigan shamol yuzaga keldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?