Qozog‘istonda koronavirus qayd etildi

2 daqiqa o'qish4.3K
Qozog‘istonda koronavirus qayd etildi
Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun nashri.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda kasallanishning ikkita holati aniqlangan.

«Afsuski, qayta tekshirilgan bugungi ma’lumot shundan dalolat bermoqdaki, koronavirus testi natijasi ijobiy bo‘lgan. Bu Germaniyadan kelgan bemorlarda topildi», - deya aytib o‘tdi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri.

Bildirilishicha, ushbu fuqarolar Olmaotadagi yuqumli kasalliklar statsionarida izolyatsiya qilingan.

Qozog‘iston OAV xabarlarida aytilishicha, koronavirus bilan kasallangan fuqarolardan biri 9 mart kuni mamlakatga kelgan. Ikkinchisi - 12 martda.

«Yana 73 yo‘lovchi bo‘lgan, ro‘yxatlar mavjud. Ular kuzatuv ostida qolmoqda. Biz ularni izolyatsiyaga olish bo‘yicha harakatlarni boshlayapmiz, ya’ni qidirib topish va karantinga joylashtirish. Ular kasal emas, ammo 14 kun davomida karantinda qoladi», - dedi Birtanov.

Ta’kidlanishicha, ikkinchi bortdagi odamlar, jumladan ekipaj a’zolari, yangi qaror amal qilgani tufayli, darhol karantinga joylashtirilgan. Ular mamlakat hududiga qo‘nganidan beri butunlay izolyatsiyada ekani aytiladi.

Qozog‘iston hududida koronavirusga chalingan shaxslar bilan aloqada bo‘lganlarni qidirib topish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Avvalroq koronavirus 16 martgacha Qozog‘istonda paydo bo‘lishi prognoz qilingandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi dunyo bo‘ylab jami 135 073 kishida aniqlangan, ulardan 70 405 nafari sog‘ayib ketgan, 4990 kishi vafot etgan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, virus tarqalishining eng yirik o‘chog‘i Xitoy bo‘lib qolmoqda (81 mingga yaqin zararlanish holati, 3177 o‘lim, 64 mingdan ortiq kishi sog‘aygan. Italiya (15113 holat, 1016 o‘lim), Eron (10 075 holat, 429 o‘lim), Janubiy Koreya (7979 holat, 71 o‘lim) davlatlarida ham vaziyat og‘irligicha qolmoqda.

Bundan tashqari, Ispaniya (3248 holat, 87 o‘lim), Fransiya (2876 holat, 61 o‘lim), Germaniya (2750 holat, 6 o‘lim) va AQSH (1762 holat, 41 o‘lim) davlatlarida ham bemorlar soni tez sur’atlarda ortib bormoqda.

JSSTning 12 mart kungi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir kun ichida Xitoyda 21 yangi bemor qayd etilgan, boshqa davlatlarda bu ko‘rsatkich yuqoriroq: Italiyada — 2313, Eronda — 958, Janubiy Koreyada — 110, Ispaniyada — 501, Fransiyada — 495, Germaniyada — 271, AQSHda — 291.

So‘nggi kunda yana to‘rt hududda koronavirusdan zararlanishning ilk holatlari aniqlangan: Fransuz Polineziyasi, Honduras va Kot-dʼIvuar.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?