
"Galatasaroy" bosh murabbiyi Fatix Terimda koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘ldi.
"Bugun koronavirus borasida topshirgan testimning javob chiqdi va menda u aniqlandi.
Men shifoxonada ishonchli qo‘llardaman. Xavotir olmang," - deb yozdi Terim o‘zining Twitter sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 66 yoshli mutaxassis "Galatasaroy" va Turkiya terma jamoasida bir necha marotaba bosh murabbiy etib saylangan. Bundan tashqari, "Fiorentina" va "Milan" klublarida ishlab, ancha mashxurlikka erishgan.
Ma’lumot uchun, Turkiyada 1 236 kishida COVID-19 aniqlangan va 30 nafar inson vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar