11:55 / 24.03.2020
4 253

Rossiyalik boylar ommaviy ravishda o‘pkaga sun’iy nafas yetkazib beruvchi apparatlar sotib olmoqda

Rossiyalik boylar ommaviy ravishda o‘pkaga sun’iy nafas yetkazib beruvchi apparatlar sotib olmoqda
Foto: «TASS»
Rossiyalik boylar ommaviy ravishda o‘pkaga sun’iy nafas yetkazib beruvchi apparat vositalarini xarid qilmoqda va ulardan koronavirus yuqtirib olganda foydalanmoqchi. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar qilgan.

Nashrning oilasi milliard dollarlik mol-mulkga ega ismi oshkor etilmagan suhbatdoshi sun’iy nafas apparat vositasini sotib olgani va yana ikkita shunda qurilma sotib olmoqchi ekani, biroq yuqori talab sabab buni qila olmayotganini bildirgan. Apparatni kutish vaqti varaqasida vositaning narxi 1,8 million rubl ekani va uni yana sakkiz oy kutish kerakligi yozilgan.

Mazkur tibbiyot vositasini sotuvchi kompaniyalar vakillari oxirgi ikki hafta ichida jismoniy shaxslarning apparatlar sotuvi umumiy hajmining 30 foizini sotib olganini ma’lum qilgan. Ayrim kompaniyalar esa ushbu apparatlarni hammasini sotgani va yana qachon bu kabi vositalar kelishi noma’lum ekanini bildirgan.

Davlat xaridlarini monitoring qiluvchi Headway kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadagi davlat shifoxonalarida taxminan 42—43 mingta apparat mavjudligi (har 100 ming aholiga 29 dona), ularning 25 mingtasi Moskva, Podmoskove va Sankt-Peterburgda ekanini qayd etgan.

Sun’iy nafas beruvchi vositalar COVID-19 koronavirusi keltirib chiqaradigan pnevmoniyaning og‘ir formasida hayotni saqlab qolishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik boylar ommaviy ravishda o‘pkaga sun’iy nafas yetkazib beruvchi apparatlar sotib olmoqda