Pandemiya keltirib chiqargan koronavirus rasmlarini internetda ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Amerikalik biologlar esa shu SARS-CoV-2 oqsillarining tebranishlarini yozib olishdi va hosil bo‘lgan musiqani Soundcloud saytida e’lon qilishdi.
Tadqiqot guruhining rahbari Markus Byuler bu haqda shunday deydi:
«Siz tinglayotganingiz – ko‘p qatlamli algoritmik kompozitsiya bo‘lib, unda oqsilning tebranishlari spektrini ham, ritmik elementlarini ham, aminokislotalarning to‘qilgan tarona ko‘rinishida birikishlarini ham aks ettiradi».
Koronavirusning ovozini mana bu havola orqali tinglab ko‘rish mumkin – u chindan ham klassik musiqaga o‘xshaydi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida imkon qadar uyda qolganingiz ma’qul. Bunda sizga qulay bo‘lishi uchun internet va telefon ikki oygacha o‘chmaydigan qilindi, yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatilyapti. «O‘zbektelekom» oltita saytga kirishni bepul qildi, mobil aloqa operatorlari bir qator saytlar va xizmatlarini tekin qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi