«Chorsu»da savdo qilayotgan keksa ayol holati o‘rganildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi «Chorsu» bozorida savdo qilayotgan keksa ayol haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi. Milliy ijtimoiy himoya agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Ichki ishlar organlari bilan birgalikda ayolning yashash sharoiti va oilaviy ahvolini o‘rgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, M. A. 1936 yilda tug‘ilgan va Shayxontohur tumanida istiqomat qiladi. Uning olti nafar farzandi bor. Hozirda ayol 1963 yilda tug‘ilgan o‘g‘li va kelini bilan birga yashaydi. O‘g‘li «Chorsu» bozorida velosiped ta’mirlash bilan shug‘ullanadi. Uning daromadi oilani ta’minlashga yetadi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, ayolning jismoniy va ruhiy holati yaxshi deb baholangan. U nogironligi bo‘yicha ro‘yxatda turmaydi va yoshiga doir nafaqa oladi.
Ayol bozorda savdo qilishini o‘z xohishi bilan izohlagan. Uning aytishicha, savdo qilish ko‘p yillardan beri shug‘ullanib kelayotgan, o‘ziga odat bo‘lib qolgan mashg‘ulot hisoblanadi.
Mahalla raisi va qo‘shnilar ham ayolning savdoga ko‘p yillardan beri qiziqishini tasdiqlagan. Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli barqaror deb baholangan.
Tekshiruv davomida ayol o‘g‘lining yashash joyiga kuzatib qo‘yilgan. Shuningdek, unga mavjud ijtimoiy xizmatlar va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam choralari haqida ma’lumot berilgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…