«Tolibon» harakati Afg‘oniston turmalarida saqlanayotgan a’zolari ozodlikka chiqarilgungacha qadar hukumat kuchlariga qarshi janglarini davom ettiradi. Bu haqda harakat vakili Muhammad Suhayl Shohin TASSga bergan intervyusida ma’lum qilganini Azon.uz xabar qildi.
«Biz tinchlik o‘rnatilishi uchun afg‘on hukumati bilan muzokaralarni boshlashni istaymiz. Biroq ular mahkumlarni ozodlikka chiqarmayapti, bu bilan muzokaralar boshlanishiga to‘sqinlik qilyapti. Shunday qilib, ikki o‘rtada kelishuv yo‘q ekan, albatta, janglar davom etadi», – dedi u.
Shohinning so‘zlariga ko‘ra, hukumat bilan muloqot turmalardagi 5 ming tolib qo‘yib yuborilgandan keyin boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni «Tolibon» harakati mahkumlarning ozod qilinishi kechiktirilayotganini aytib, Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralarni to‘xtatganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Global Janub kimniki?