
Foto: «Global Look Press»
Turkiyada 107 yoshli Xavoxon Karadeniz koronavirus kasalidan tuzalib ketdi. Shu tariqa Xavoxon ona COVID-19ni yenga olgan eng keksa ayollardan biriga aylandi.
Xavoxon Karadeniz 7 aprelda kuchli yo‘tal va yuqori isitma bilan Istanbuldagi ilmiy-tadqiqot klinikasiga keltirilgan. Bir haftadan keyin u sog‘ayib, kasalxonadan chiqdi.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, Karadenizdagi kuchli immun tizimi koronavirusni yengishga yordam bergan. U hayoti davomida biror marta jarrohlik amaliyotidan o‘tmagan va ajoyib xotiraga ega.
Ayni vaqtda Xavoxon Karadeniz o‘z uyida 14 kunlik karantinda bo‘lib turibdi. Har kuni nevarasi unga yaxshi ko‘rgan qahvasini tayyorlab beradi. U to‘g‘ri ovqatlanishga juda e’tibor beradi, ertalab nonushtaga saryog‘, qaymoq, asal va sut iste’mol qiladi. Eng yoqtirgan taomlaridan biri esa — qatiqqa aralashtirilgan qaynatilgan bug‘doydir.
Karadenizning to‘rt farzandi, 11 nevarasi va 15 chevarasi bor. Tez kunlarda Karadenizning nevaralaridan biri ham nevara ko‘rishi va bobo bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar