09:15 / 17.05.2020
3 598

"Bu javob sizdan emas, balki parda ortidagi kishidandir"

"Bu javob sizdan emas, balki parda ortidagi kishidandir"
Ko‘pchiligimiz mashhur olimlar va ularning tarjimai xollari, tarixlari bilan qiziqamiz. Lekin Islom tarixida shunday ayollar bo‘lganki ilm va taqvoda erkaklardan qolishmaganlar. Quyida o‘sha ayol olimalardan b’zilari bilan tanishamiz.

Karima bint Muhammad bint Ahmad al-Marvaziya (363-463 h.) - mashhur muhaddislardan biri edi. U asrning eng buyuk faqihlari va muhaddislariga dars bergan. Ulardan: Hofiz Xatib al-Bag‘dodiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Nasr al-Humaydiy, Hafiz Abu Tolib Husayn ibn Muhammad Az-Zaynabiy, Abul-Mahosin al-Misriy va boshqalar. U Sahihul-Buxoriyning yetkazuvchisi bo‘lgan va uning ismi ushbu kitob bilan chambarchas bog‘liq. Muhaddisa Umm Kirom – turmushga chiqmay, hayotini ilm talabida o‘tkazishga bag‘ishlagan.

Abu Bakr ibn Mansur deydi: "Men otamning, sizlar Karima kabi odamni ko‘rganmisiz? – deganini eshitganman", deydi.

Zeynab bint Kamol (740 h.) - butun hayotini ilmga bag‘ishlagan muhaddisa. Ilm unga bu hayotning barcha lazzatlari va jozibalariga soya solib turardi.

U ilm talabida ko‘plab olimlardan dars olgan. Ular orasida Muhammad ibn Abdulhodiy, Xatib Mardo, Ibrohim ibn Xalil, Abu Fahm Laydaniy, Ahmad ibn Abduddoim bor edi. Zaynab bint Kamol Ibrohim ibn Mahmud ibn al-Xayirdan, Zaynab al-Baqdoriyadan ijoza olgan yagona odam bo‘lgan. Shuningdek, Abu Nasr ibn Alik, Ibn Muna An-Nahroniy, Abdulxoliq An-Nashtabariy kabi Islom olamining turli burchaklarida yashagan ko‘plab boshqa buyuk olimlardan ham ijoza olgan.

Shuningdek, Imom az-Zahabiydek ko‘plab buyuk olimlar uning shogirdlari hisoblanadi.

Buyuk va olijanob olim Dahma bint Yahyo (837 h.) imom Ahmad ibn Yahyoning singlisidir. Usulul fiqh sohasida muhim asarlar muallifi. Shulardan "Al-Azhar" kitobida to‘rt jildli, "Sharh Manzumatul-Kufiy", "Muxtasar Munataha fi usul al-fiqh", "Zavohir" kitoblariga sharh yozgan. Uning qalamiga mansub she’rlar ham qolgan.

U akasi Imom Ahmad inb Yahyodan ilm o‘rgangan. U Said Muhammad ibn Abu Fazoyilga turmushga chiqqan.
Fotima bint Imom Ahmad ibn Yahyo fiqh sohasidagi ilmi bilan tanilgan olima bo‘lgan.

Uning eri imom Mutahhar talabalari tomonidan so‘ralgan savolga javob topolmagach unga murojaat qilardi. Va u javobi bilan ularning oldiga chiqqach, ular hazillashib: "Bu javob sizdan emas, balki parda ortidagi kishidan", der edilar

Oisha bint Yusuf al-Bauniya (922 h.) - ayollar orasida eng buyuk, olijanob va katta bilimga ega olimlardan. Fiqh, Nahv va boshqa fanlar bo‘yicha ko‘plab kitoblar va sharhlar muallifi. Bolalikdan ilmga qiziqqan, Qohira va Damashq madrasalarida tahsil olgan.

Umm Abdulvahhob bint Qozi Husayn ibn Ismoil al-Mahamiliy. Qur’on hofizasi, fiqh, nahv va faroiz ilmlarida mukammal bo‘lgan. U o‘z davrining Shofiy mazhabidagi eng ilmli faqihlardan biri bo‘lgan. U o‘sha davrning eng buyuk olimlari bilan birga fatvo bergan.

Imom Zahabiy, Imom Zuhriy, Imom Molik, Imom Ahmad, Abu Ya’lo, Abu Sa’d as-Samaniy, Hofiz Ibn Hajar, Ibn Asokir, Ibn Javziy, Ibnul-Qayyim kabi buyuk imomlar ham ayol ustozlardan dars olganlar.

Yoqub Umar

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Bu javob sizdan emas, balki parda ortidagi kishidandir"