Norvegiya shimolidagi Alta kommunasida yuz bergan ko‘chki baliqchilar qishlog‘ini deyarli butkul yo‘q qildi. The Local nashrining xabar berishicha, ko‘chki 8 ta uyni o‘zi bilan dengizga olib ketgan. Tabiiy ofat aholi punktidagi uylarning yarmini vayron qilgan.
Ko‘chki eni 650 metrni tashkil qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan. Qishloqda asosan odamlar ta’tilga yoki dam olish kunlari keladigan dala hovlilar joylashgan bo‘lgan. Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib borgan.
Guvohlardan birining ta’kidlashicha, u ovqatlanishga o‘tirganda tomda qarsillagan ovozni eshitgan, so‘ngra uzilgan simlarni ko‘rgan. Shunda u uydan yugurib chiqib, yaqin oradagi tepalikka chiqib olgan. Erkak keyinroq vertolyotda evakuatsiya qilingan.
Voqeadan keyin kommunada inqiroz shtabi tashkil etilgan. Ko‘chkiga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Politsiya mahalliy avtoyo‘llar bo‘ylab harakatlanishni vaqtincha taqiqlab qo‘ygan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boringJust now in Alta, Norway: Huge mudslide dragging several houses into the sea. pic.twitter.com/xR4t5zLI7m
— Jan Fredrik Drabløs (@JanFredrikD) June 3, 2020
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda