Koronavirus: Kanada O‘zbekistonga 250 ming dollar ajratilishini ma’lum qildi

1 daqiqa o'qish2.1K
Koronavirus: Kanada O‘zbekistonga 250 ming dollar ajratilishini ma’lum qildi
Kanada TIV rahbari O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 250 ming Kanada dollari ajratilishini ma’lum qildi.

2020 yil 4 iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Kanada tashqi ishlar vaziri Fransua-Filipp Shampan o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston-Kanada munosabatlarining holati va faollashtirish istiqbollari, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik ko‘rib chiqildi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Kanada biznesining O‘zbekiston bozoriga faol kirishi va qayta tiklanadigan energiya, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdorlik izhor etildi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning ajralmas tarkibiy qismi xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik ekani ta’kidlandi. Tomonlar BMT va uning ixtisoslashgan institutlari doirasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Fransua-Filipp Shampan O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi roli va o‘rnini qayd etar ekan, mamlakatimizning xalqaro maydondagi tashabbuslarini amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, vazirlar Afg‘oniston masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘nalishga tezroq o‘tishi, mamlakatni Markaziy Osiyodagi savdo-iqtisodiy va infratuzilma jarayonlariga jalb qilish zarurligini ta’kidladilar.

Suhbat chog‘ida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq dunyodagi mavjud vaziyat ko‘rib chiqildi. Pandemiyaning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun birgalikda harakat qilish muhimligi qayd etildi. Shu o‘rinda Kanada TIV rahbari O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 250 ming Kanada dollari ajratilishini ma’lum qildi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi, deya yakunlangan xabar.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?