Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 3 kishiga, Janubiy Koreyada esa 51 kishiga oshdi

1 daqiqa o'qish2.4K
Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 3 kishiga, Janubiy Koreyada esa 51 kishiga oshdi
Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 3 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 2 ta holat qayd etildi. Bemorlarning 2 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti» Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi chetdan yuqtirilgan bo‘lib, Guandun provinsiyasida qayd etilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 030 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 329 nafari sog‘aygan, 4 634 nafari vafot etgan. Kasalxonalarda 67 nafar bemor qolmoqda.

Shuningdek, sutka davomida 2 kishi infeksiyani belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan. Shunday kishilarning yana 257 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 51 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 11 719 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti» mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib.

May oyidan buyon kasallikning yangi o‘choqlari bemorlar sonining oshishiga olib kelmoqda. 28 mayda kunlik kasallanishlar soni 79 kishiga yetgandi, so‘nggi haftada esa bu ko‘rsatkich 30-50 kishi atrofida bo‘lib turibdi.

Seulning odam gavjum bo‘lgan Itxevon hududidagi klub va barlarda kasallik yuqtirganlar soni kamida 272 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinishning oldini olish bo‘yicha choralarga yetarlicha amal qilmagan Puchon shahridagi Coupang kompaniyasi omborxonasida esa kamida 124 kishi virusni yuqtirib olgan. Yana 76 kishi kichik diniy yig‘ilish o‘tkazish paytida virus yuqtirgan.

So‘nggi sutkada 25 kishi koronavirusdan sog‘ayib chiqib, tuzalganlarning umumiy soni 10 531 nafarga yetdi. Kasallikdan vafot etganlar soni o‘zgarmagan — 273 kishini tashkil qilmoqda.

Janubiy Koreyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha milliondan ortiq test o‘tkazilgan.

Manba: Daryo.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?