Koronavirusdan davolanish million dollarga tushdi

Koronavirusdan davolanish million dollarga tushdi
AQSHda koronavirusdan davolanish 70 yoshli amerikalikka bir million dollarga tushdi, deb xabar berdi «Rossiya 24».
U kasalxonada ikki oy yotdi, shuning teng yarmida o‘pkani sun’iy ventilyatsiyalash qurilmasiga ulab qo‘yishgandi.

Kasalxona taqdim etgan 180 sahifali to‘lov qog‘ozi naq bitta kitobdek keladi. Sug‘urtasi buncha pulning necha foizini qoplaydi, hozircha noma’lum.

AQSHda, agar bemor sug‘urtalangan bo‘lsa, koronavirusdan davolanish 40 ming dollardan kam bo‘lmaydi, polisi yo‘qlar esa ikki hissa to‘lashlariga to‘g‘ri keladi — kamida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar