AQSH kongressi quyi palatasi 26 iyunda poytaxt Vashington maqomi bo‘yicha ovoz beradi. Vashingtonni AQSHning 51-shtatiga aylantirish taklif qilinmoqda. Ayni vaqtda Vashington ma’muriy nuqtayi nazardan birorta shtat tarkibiga kirmaydigan Kolumbiya federal okrugi hisoblanadi.
Quyi palata spikeri Nensi Pelosi matbuot anjumanda okrug maqomining pastligini “jiddiy adolatsizlik” deb atagan. “Ertaga demokratiyamizga qarshi turgan ushbu adolatsizlikni to‘g‘rilaymiz”, deb keltirgan spikerning so‘zlarini Fox News telekanali.
Ushbu tashabbus homiylari sifatida Demokratik partiyadan kongressmenlar chiqmoqda. Ularning ta’kidlashicha, poytaxt aholisi o‘z fuqarolik burchlarini sidqidildan bajaradi, biroq shu bilan birga federal kongressga o‘z vakillarini saylash imkoniyatiga ega emas. Bu boradagi qonun loyihasi demokratlar ko‘pchilikni tashkil qiladigan quyi palatada ma’qullanishi, biroq respublikachilar ko‘pchilikni tashkil qilgan senatda rad etilishi kutilmoqda. Oq uyda esa har qanday vaziyatda ham qonun loyihasiga veto qo‘yilishi aytilgan.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp New York Post nashriga bergan intervyusida Vashington 100 foiz demokratlarga tegishli ekanini aytgan va uning shtatga aylantirilishi uchun faqat “ahmoq respublikachilargina” ovoz berishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida