14:17 / 26.06.2020
2 611

Hindistonda yashin urishidan bir kunda 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Hindistonda yashin urishidan bir kunda 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi
Hindistonning sharqiy va shimoliy qismida yashin urishi oqibatida 107 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Times of India gazetasiga tayanib Sof.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yashin oqibatida Bixar shtatining sharqida 83 kishi, yana 24 kishi shimoliy Uttar-Pradesh shtatida halok bo‘lgan. Qurbonlarning aksariyati yashin chaqqan vaqtda dalada ishlayotgan bo‘lgan. Favqulodda xizmatlarning yuqori xavf darajasidan ogohlantirishiga qaramay, odamlar noqulay ob-havo sharoitida ham ishlashni davom ettiravergan.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘zining Twitter'dagi sahifasi orqali halok bo‘lganlarning oilasida hamdardlik bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shtatlar hukumati halok bo‘lganlarning oilasida moddiy yordam ko‘rsatadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda yashin urishidan bir kunda 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi