Foto: Getty Images
Amerikaning Gilead biofarmatsevtika kompaniyasi COVID-19ga qarshi vosita sifatida sinalayotgan remdesivir dorisining rivojlangan mamlakatlardagi narxini bir ampulasi uchun 390 dollar etib belgiladi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi.
Virusga qarshi remdesivir preparati AQSHda 1 may kuni ma’qullangandi. U Ebola bezgagiga qarshi kurash doirasida ishlab chiqilgan, ammo o‘shanda uning samaraliligi isbotlanmagandi. Keyinroq dori SARS va MERS’ga qarshi samarali qo‘llanildi. Dori vositasi Gilead Sciences biofarmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.
Kompaniya xabarida aytilishicha, allergologiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti tadqiqotlari remdesivir bemorning tuzalish davrini to‘rt kungacha qisqartirishini ko‘rsatgan.
Qayd etilishicha, COVID-19ga chalingan bemorlar olti dona ampuladan foydalangan holda 5 kunlik davolash kursini o‘tashi kerak bo‘ladi. Bu 2340 dollarga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi