Butun dunyoda koronavirusdan 141 ta vaksina ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyesus The Washington Post nashrida chop etilgan maqolada ma’lum qilgan.
JSST bosh direktorining ta’kidlashicha, vaksinani ishlab chiqish bo‘yicha ishlar koronavirus haqida ma’lumot paydo bo‘lishi bilanoq boshlangan.
“Ayni vaqtda 141 ta vaksina ishlab chiqilmoqda. Bu boradagi yetakchilarni muvaffaqiyatdan oylar ajratayotgan bo‘lishi mumkin. To‘liq himoya kafolati yo‘q, biroq biz bunga umid qilmoqdamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Gebreyesus.
Uning ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi xalqaro hamjamiyat sog‘liqni saqlash inqirozini hal qilish uchun hamkorlikka muhtojligini ko‘rsatdi.
“Biz bu makkor virus bildirayotgan xavflarni nafaqat yo‘q qilishdan yiroqmiz, balki ko‘pchilik odamlar hali ham unga uchrashlari mumkin”, deb aytgan JSST rahbari.
Gebreyesus dunyo sog‘liqni saqlash sohasidagi bo‘lg‘usi xavflar oldida o‘ta himoyasiz ekanligi borasida xavotir bildirgan.
Hozirda vaksinani yaratish bo‘yicha ko‘plab davlatlarda izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada 8 ta vaksina ustida ishlar olib borilayotgan Xitoy dunyoda yetakchilik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi