15:24 / 10.07.2020
2 799

Ford haydovchisi tezlikni soatiga 703 kmgacha oshirgani uchun jarimaga tortildi

Ford haydovchisi tezlikni soatiga 703 kmgacha oshirgani uchun jarimaga tortildi
Foto: motor.ru
Italiyaning Offanya shahrida nosoz yo‘l kamerasi mahalliy ayol haydovchiga belgilangan tezlikni 10 karra oshirgani uchun jarima yozib berdi.
Motor nashrining ta’kidlashicha, qurilma ma’lumotlariga ko‘ra, ayol Ford Focus mashinasi tezligini 703 km/soatga yetkazgan. Politsiya kameraning bunday shubhali ko‘rsatkichlarini tekshirib ham o‘tirmay, haydovchiga 850 yevro jarima yozib bergan.

Bundan tashqari, ayol o‘z mashinasida “Boing” samolyoti tezligi bilan “uchgani” uchun o‘z guvohnomasiga 10 jarima ball olgan. Ayol bunday qat’iy jazodan norozi bo‘lib, u bo‘yicha bahslashmoqchi.

Italiyada 2003 yildan beri ball tizimi amal qilib, haydovchilik guvohnomasi olinganda unga avtomatik ravishda 20 ball yoziladi. Agar haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzsa, bu ballar ayirilib boradi.

Bu orada Estoniyada tezlikni oshiruvchi haydovchilarni jazolashning antiqa usuli o‘ylab topildi. Qoidabuzarlarga jarima to‘lash o‘rniga yo‘l chetida turib, tinchlanib olish taklif qilinmoqda. Misol uchun, tezlikni 20 kmdan ko‘proqqa oshirganlik uchun 45 daqiqa, 21 kmdan 40 kmgacha oshirganlik uchun 60 daqiqa tinchlanib olishga to‘g‘ri keladi. Biroq bundan yuqoriroq tezliklar uchun baribir jarima to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ford haydovchisi tezlikni soatiga 703 kmgacha oshirgani uchun jarimaga tortildi