06:00 / 11.07.2020
2 357

Gretsiyada 20 million yillik daraxt topildi

Gretsiyada 20 million yillik daraxt topildi
Gretsiyaning Lemnos orolida olib borilgan qazilma ishlari davomida yoshi 20 mln yilga teng bo‘lgan toshga aylangan daraxt aniqlandi.
Bu topilma haqida qisqacha hisobot Tabiiy tarix muzeyining “Lesbosdagi toshga aylangan o‘rmon” loyihasi saytida taqdim qilingan. Avvalroq olimlar aynan Lesbos orolida toshqotgan o‘rmonning ko‘plab qoldiqlarini aniqlashgan. Biroq yangi topilma qo‘shni Lemnos orolida aniqlangan.

Qazilmalar Varos qishlog‘ida olib borilgan. Ayni vaqtda qazilma ishlarining birinchi bosqichi yakunlangan bo‘lsa-da, u 8 metrdan uzunroq bo‘lgan toshga aylangan daraxt tanasini aniqlashga imkon bergan.

Ta’kidlanishicha, topilgan daraxt hamon yog‘och xususiyatlarini saqlab qolgan bo‘lib, uning shoxlari oxirlari umuman a’lo darajada saqlangan. Bu 20 mln yil avval o‘rmonda o‘sgan ulkan ignabargli daraxt bo‘lgan. Olimlarning taxminicha, u AQSHda o‘suvchi zamonaviy sekvoya daraxtining ajdodi hisoblanadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, daraxt tanasining po‘stlog‘i va ichki halqalari yaxshi saqlanib qolgan. Yaqin orada daraxtning ichki strukturasini elektron mikroskop yordamida o‘rganish rejalashtirilgan. Bu o‘simlikning oilasi va turini aniqlashga yordam beradi.

Lesbos va Lemnos orollaridagi toshqotgan o‘rmonlar tabiiy sabablarga ko‘ra yaxshi saqlanib qolgan. Bu yerda 20 mln yil avval vulqon faolligi yuqori bo‘lgan. Vulqon otilishlari o‘rmonlarni vulqon cho‘kindilari tagida “konservatsiya qilish”ga yordam bergan.

Ta’kidlanishicha, tosh qotgan ko‘plab daraxtlar ikki orol orasidagi dengiz tubida joylashgan. Shu sababli quruqlikda aniqlangan bu topilma olimlar uchun katta omad bo‘lgan. Qazilma ishlarining ikkinchi bosqichida ulkan daraxtni to‘liq qazib olish rejalashtirilgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gretsiyada 20 million yillik daraxt topildi