12:07 / 14.07.2020
5 032

Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan kasalxona shifokorlarsiz qoldi (video)

Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan kasalxona shifokorlarsiz qoldi (video)
Foto: Tengrinews
Koronavirus va pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlar yotgan Qirg‘izistonning Kant shahridagi shifoxona bemorlaridan biri tibbiy muassasaning tasvirga tushirilgan videosini ijtimoiy tarmoqqa yukladi, deb yozadi «Tuz.kg».

Muallif yo‘lak bo‘ylab yurib, bemorlar joylashgan xonalarni tasvirga oladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonada shifokorlar va tibbiyot xodimlari mutlaqo yo‘q.

«Deyarli bir kun davomida kasalxonada hech kim yo‘q. Bemorlar shunchaki yotishibdi. Ular bizga hech narsa deyishmadi. Kasalxona vrachlarsiz, hamshiralarsiz qolgan. Davolanish to‘xtadi. Hech kim javob bermayapti», – deydi video muallifi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, kasalxonaning 80 xodimidan 50 ga yaqini koronavirusga chalingan. Qolganlari deyarli charchagan.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi videoga izoh berib, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolayotgan ko‘plab shifokorlarning o‘zlari kasal. Kantdagi shifoxona xodimlari ham bundan mustasno emas ekanini aytgan.

Vazirlik boshqa tibbiyot muassasalaridan 18 nafar tibbiyot xodimini Kant kasalxonasiga yuborishga va’da bergan.
Chuy viloyati sog‘liqni saqlash bo‘yicha koordinatori Baktigul Mamitova video shifoxonada xodimlar almashish payti olinganini tushuntirdi.

«Shifokorlar shaxsiy himoya vositalarini kiyishlari kerak. Bunga qadar dush qabul qilish kerak, bunga vaqt kerak. Ha, haqiqatan ham shifokorlar yetishmaydi, ular kasal, ammo biz qo‘shimcha tibbiy xodimlarni jalb qilamiz», – dedi Mamitova.

Qirg‘izistonda 13 iyul holatiga ko‘ra, 11 117 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, 3 460 nafar bemor kasallikdan tuzalgan, 147 kishi COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Mamlakatda COVID-19 testlari salbiy chiqqan, biroq pnevmoniyadan vafot etgan bemorlar soni 452 nafarga yetgan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan kasalxona shifokorlarsiz qoldi (video)