23:15 / 14.07.2020
1 955

Xitoyda haydovchisiz robotaksi xizmati sinovi boshlandi

Xitoyda haydovchisiz robotaksi xizmati sinovi boshlandi
Foto: Weride
WeRide startapi Xitoyda haydovchisiz robotaksi xizmatini sinovdan o‘tkazadigan ilk kompaniya bo‘ladi. Kompaniya birinchi sinovlarni Guanchjou shahri ko‘chalarida boshladi.

Guanchjou ma’muriyati WeRide’ga transport vositalarini masofadan boshqarishga ruxsat berdi. Sinovlar 8 iyulda boshlangan, biroq kompaniya bu haqida 2 kun o‘tgach rasmiy bayonot bergan. Yangi xizmatning birinchi mijozlari uning imkoniyatlarini sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi, biroq shaharning istalgan nuqtasigacha borisha olmaydi, chunki startap buyurtmalarni shaharning ma’lum qismida oladi.

Sinovlar davomida startap ba’zi xavfsizlik choralarini qo‘llashni davom ettiradi. Ulardan eng muhimi mashinalarning boshqaruv markaziga 5G-tarmog‘i yordamida doimiy holda ulangan holda bo‘lishi hisoblanadi. Buning yordamida operatorlar har bir robotaksi uchun yo‘ldagi vaziyatni kuzatib borishadi va istalgan vaqtda uning boshqaruvini o‘z qo‘llariga olishlari mumkin bo‘ladi. Kompaniya, shuningdek, yo‘l ishlari yoki ko‘chalarning ma’lum qismida yo‘l harakati qoidalarining vaqtincha o‘zgargani kabi vaziyatlarni ham hisobga olgan.

WeRide avtopiloti SAE International tashkiloti tuzgan shkalaga ko‘ra avtonomlikning 4-darajasiga mos keladi. 4-daraja muayyan sharoitlarda, misol uchun, agar yo‘nalish o‘ziyurar transport uchun avvaldan tayyorlangan bo‘lsa to‘liq avtomatlashtirilganlikni nazarda tutadi. Tesla kompaniyasidan tashqari ko‘plab avtomobilsozlik kompaniyalari aynan shu texnologiyaga amal qiladi. Tesla esa 2020 yil oxirigacha birdaniga avtonomlikning 5-darajasiga o‘tmoqchi.

WeRide avtonom transport sohasida eng istiqbolli startaplardan hisoblanadi. U Nissan, Renault va Mitsubishi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Kompaniya avtoparki 100 dan ko‘proq mashinadan iborat bo‘lib, bu mashinalar sinovlar davomida 2,6 mln kmdan ko‘proq yo‘l bosib o‘tgan. WeRide’ga AutoX, Pony, ai, Baidu va Didi Chuxing kompaniyalari raqobatchi hisoblanadi. Bu kompaniyalarning barchasi Xitoyning turli shaharlarida haydovchisiz taksilarni sinovdan o‘tkazadi, biroq birortasi hali avtonom mashinalarning haydovchisiz sinalishigacha yetib bormagan.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda haydovchisiz robotaksi xizmati sinovi boshlandi