22:37 / 18.07.2020
1 613

Barselona Opera uyi konsert dasturini o’ziga xos tarzda gullarga namoyish etdi

Barselona Opera uyi konsert dasturini o’ziga xos tarzda gullarga namoyish etdi
Dunyodagi eng nufuzli opera uylaridan biri 2 mingdan ortiq ajoyib o‘simliklar uchun konsert dasturi uyushtirdi. Uch oylik yopilishdan so‘ng, Barselonadagi El-Liceu opera uyi 2292 ta o‘simliklarga Puchchining “Xrizontema” spektaklini namoyish etdi.

Ushbu loyihaning asoschisi opera uyining badiiy rahbari, ispaniyalik rassom Yeugenio Ampudiyadir. Sa’natkorning ta’kidlashicha, bu konsert dasturini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, atrofdagi boshqa narsalar odamlarga hamdardlik tushunchasini keng ko‘lamda tushunishiga yordam bera olishini aniqlash bo‘lgan.

Alberto de Xuanning aytishicha, bu konsert biroz bo‘lsa-da odamlarni tabiatga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga yordam berishi mumkin.
Konsert yakunidan so‘ng, barcha gullarni kasalxonada davolanayotgan bemorlarga yetkazib berishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Barselona Opera uyi konsert dasturini o’ziga xos tarzda gullarga namoyish etdi