22:46 / 25.07.2020
1 477

AQSHda lotereya g‘olibi 22 mln dollarni do‘sti bilan bo‘lishdi. Bunga sabab 28 yil oldin berilgan va’da bo‘lgan

AQSHda lotereya g‘olibi 22 mln dollarni do‘sti bilan bo‘lishdi. Bunga sabab 28 yil oldin berilgan va’da bo‘lgan
Kadr: YouTube
Viskonsinda istiqomat qiluvchi Tom Kuk ismli fuqaro Powerball lotereyasidan 22 million dollar yutib olib, mukofotni do‘sti bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Esquire.

Do‘stlar lotereyaning YouTube’dagi kanali uchun o‘zlarining voqeasini so‘zlab bergan. Gap shundaki, 1992 yilda Tom Kuk do‘sti Jo Fini bilan agarda ikkisidan birining lotereyasiga yutuq chiqadigan bo‘lsa, uni bo‘lishishga kelishib olgan. Shundan buyon ular har hafta lotereya chiptalarini xarid qilib kelgan.

«Biz bundan biror-bir natija chiqishini o‘ylamagan edik. Biroq kelishuv bu — kelishuv», — deydi do‘stlar intervyuda.
Shunday qilib, mukofotning teng yarmi Finiga nasib etgan. Do‘stlar mukofot pullarini bir vaqtda olish variantini tanlagani sabab ularning har biri 5,7 million dollarni qo‘lga kiritgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)