06:28 / 26.07.2020
7 321

Pomir Xitoy yerlarimi? – Tojikiston norozilik bildirdi

Pomir Xitoy yerlarimi? – Tojikiston norozilik bildirdi
Tojikiston Xitoy hukumatini ikki davlat chegarasidagi "provokatsion" maqolalarni nashr etishga qarshi kurashishga chaqirdi. Bu haqda Tojikiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Tojikiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Xusrav Noziri Xitoy Xalq Respublikasining Dushanbe shahridagi elchisi Lyu Bin bilan virtual uchrashuv o‘tkazdi. Noziri diplomatning e’tiborini Xitoy ommaviy axborot vositalarida ikki davlat o‘rtasidagi chegara mavzusiga bag‘ishlangan "noxolis" maqolalarning paydo bo‘lishiga qaratdi.

Tojik amaldori: "Mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlariga asoslanib, Dushanbe "tomonlar bunday materiallarning OAVda tarqalishining oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishlari kerak”ligini ta’kidladi.

So‘nggi kunlarda Xitoy ommaviy axborot vositalari "Tojikiston o‘z yerlarini Xitoyga topshirish tashabbusi bilan chiqdi va yo‘qotilgan Pomir tog‘lari haqiqiy egalariga qaytarildi" maqolasini qayta nashr etdi. Unda Sin sulolasi oxirida (1644-1912) G‘arbning bosimi ostida Xitoy o‘zining tarixiy hududlarining bir qismini yo‘qotganligi aytilgan.

Xitoyliklarning iddao qilishicha, hududlardan ba’zilari hali ham qo‘shni davlatlar nazorati ostida emish. SSSR parchalanishi bilan ularni tortib olish imkoniyati paydo bo‘ldi. 2011 yilda mustaqil Tojikiston moliyaviy qarzi evaziga 1158 kvadrat kilometr hududini Xitoyga topshirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pomir Xitoy yerlarimi? – Tojikiston norozilik bildirdi