22:10 / 29.07.2020
4 575

Lukashenko jangarilar qo‘lga olinganidan so‘ng, zudlik bilan Xavfsizlik kengashini yig‘di

Lukashenko jangarilar qo‘lga olinganidan so‘ng, zudlik bilan Xavfsizlik kengashini yig‘di
Foto: akcenty
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko jangarilar qo‘lga olingani ortidan zudlik bilan Xavfsizlik kengashi a’zolarini yig‘di.
Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan «Pul pervogo» telegram kanali xabar berdi.

«Lukashenko hozir Mustaqillik saroyida Xavfsizlik kengashi a’zolarini yig‘di va majlis o‘tkazmoqda», - deyiladi xabarda.

Avvalroq, BelTA davlat agentligi Minsk shahri yaqinida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining 32 a’zosi ushlangani, yana 1 kishi mamlakat janubida qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi. Unda Belarus huquq tartibot idoralari saylov kampaniyasini izdan chiqarish uchun xorijdan 200dan ortiq jangari mamlakat hududiga kirib kelgani haqida ma’lumot olgani qayd qilingan edi.

Agentlik xabariga ko‘ra, jangarilar guruhi 24 iyul kuni tunda Minsk shahridagi mehmonxonalardan biriga joylashgan. 27 iyul kuni esa mehmonxonani tark etib, Minsk rayonlaridan biridagi sanatoriyaga ko‘chib o‘tishgan. 28 iyul kuni tunda 32 kishi Belarus Davlat xavfsizligi qo‘mitasining «A» guruhi tomonidan qo‘lga olindi. Ularga nisbatan Tergov qo‘mitasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Agentlik qo‘lga olingan Rossiya fuqarolarining ro‘yxatini keltirgan.

Avvalroq Aleksandr Lukashenko Marino Gorkadagi 5-maxsus brigadani ko‘zdan kechirganida, hozirgi vaqtda urushlar ko‘chadagi namoyishlardan boshlanishi, unga xususiy harbiy kompaniyalar «jalb qilinishi» haqida gapirgan edi.

«Davlat kotibi (Andrey Ravkov, Belarus Xavfsizlik kengashining kotibi) to‘g‘ri aytdi, hozirgi vaqtda har qanday urushlar ko‘chalardagi namoyishlardan boshlanyapti, keyin «maydon»ga aylanmoqda. «Maydon»ga agar o‘ziniki bo‘lmasa, chetdan keltirishmoqda. Ular professional harbiylar, bosmachilar, xususiy harbiy kompaniyalarning a’zolari. Ulardan dunyo bo‘ylab, u yoki bu davlatlardagi fitnalarda ishtirok ettirib, pul ishlash maqsadida foydalanishadi», - dedi Lukashenko.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko jangarilar qo‘lga olinganidan so‘ng, zudlik bilan Xavfsizlik kengashini yig‘di