Foto: «Tripsavvy.com»
Yovvoyi tabiatni saqlash jamiyati 1906 yilda Bronks hayvonot bog‘i bir necha kun maymunxonada afrikalikni namoyish qilgani uchun uzr so‘radi.
«Biz hozirgi Kongo Demokratika respublikasining mbuti xalqi vakili, markaziy afrikalik yigitga qilingan munosabatlar uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi tashkilot bayonotida.
Unga ko‘ra, 1906 yilda hayvonot bog‘i vakillari direktor Uilyam Xornadey boshchiligida Ota Benga ismli afrikalik yigitni namoyish qilish uchun maymunxonaga joylashgan. Bir necha kundan so‘ng qoratanli ruhoniylar «sharmandali holat»ga noroziliklarini bildirishgach, yigit bolalar uyiga yuborilgan. Tashkilotning ta’kidlashicha, o‘n yildan so‘ng «insoniylik fazilatlaridan mahrum bo‘lgan va uyiga qaytolmagan Ota Benga fojiali ravishda o‘z joniga qasd qilgan».
«New York Times» gazetasining xabariga ko‘ra, afrikalik yigit namoyish qilingan maymunxona 2012 yilda yopilgan. Benga bilan bog‘liq epizodni tasvirlar ekan gazeta «1906 yilda «yangi eksponat» keng jamoatchilikka manzur bo‘lgan, maymunlarning sherigi sifatida qafasdagi odamni tomosha qilishga hech kim qarshilik ko‘rsatmagan», deb yozadi. Gazetaning ta’kidlashicha, bu epizod «o‘sha paytda Nyu-Yorkni qamrab olgan irqchilikning ajoyib namunasiga aylangan». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi