
Shveysariyada koronavirus tarqalishining asosiy manbalari aniqlandi. Mamlakatda epidemiya tarqalishiga tungi klublar asosiy sabab bo‘lgan.
Bundan Shveysariyaning Federal sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘tkazgan tadqiqot natijalari darak bermoqda, deb xabar berdi The Local nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shveysariyada oxirgi 2 hafta ichida qayd qilingan yangi kasallanish holatlarining 42 foizi tungi klublarga to‘g‘ri kelgan.
Bundan tashqari, bar va restoranlar virus yuqtirish holatlarining 27 foiziga sabab bo‘lgan. Bu esa ushbu oraliqda qayd qilingan kasallanish holatlarining uchdan ikki qismi tungi hayot joylari yoki tamaddixonalar bilan bog‘liqligini anglatadi.
Shu bilan birga, 12 foiz kasallanganlar o‘z oilalari ichida, 8 foizi esa tibbiy xodimlardan zararlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar