06:55 / 05.08.2020
5 528

Yangi hijriy yil 19 avgustdan boshlanishi kutilmoqda

Yangi hijriy yil 19 avgustdan boshlanishi kutilmoqda
Foto: NASA
Milodiy 2020 yil hisobida hijriy yil 1442 yilga to‘g‘ri keladi. Hozir 1441 yil bo‘lib, yangi yil katta ehtimol bilan avgustning 19 sanasidan boshlanadi. Bu haqda Gulfnews xabar bermoqda.

BAA astranomiya markazi hisoblangan Sharjah Planetarium hisob-kitobiga ko‘ra, osmonda yangi Oy 18 avgust kechki 18:42da ko‘rinish beradi. Quyosh botganidan taxminan 34 daqiqadan keyin Hilol chiqadi. Bu Muharram oyi deb ataladi. Islom olamida hijriy yil aynan Muharram oyi bilan boshlanadi va yangi islomiy yil payshanba kuni kirib keladi.

Hijriy yangi yil
Hijriy taqvim oyning harakatiga bog‘liq bo‘lib, yangi oyning boshlanishi osmonda yangi Oyning ko‘rinishi bilan belgilanadi. Islom taqvimidagi birinchi hijriy yil milodiy 622 yilga to‘g‘ri keladi. Bu Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning Makkadan Madinaga hijrat qilgan yillaridir. Hijriy yangi yil o‘zidan oldingi yilning boshlanish nuqtasidan 11 kun erta boshlanadi. Milodiy yilda esa bunday holat kuzatilmaydi.

Muharram oyi kirib kelishini musulmonlar bayram qilib kutib oladilar, Qur’ondan oyatlar tilovat qiladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi hijriy yil 19 avgustdan boshlanishi kutilmoqda