
Foto: Kommersant’
Belorus Prezidenti Aleksandr Lukashenko referendum orqali yangi konsitutsiya qabul qilinganidan keyin yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni taklif qildi. Avvalroq u takroriy prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi mumkinligini rad etgan edi.
“Biz yangi Konstitutsiyani qabul qilishimiz kerak. Siz uni referendum orqali qabul qilishingiz kerak va agar xohlasangiz, yangi konstitutsiya asosida parlament, prezident va mahalliy hokimiyat organlari uchun saylovlar o‘tkazishingiz kerak[i][/i]", - dedi janob Lukashenko MZKT xodimlaridan biriga (ishchilar bilan muloqot tasvirlari davlat telekanallari tomonidan ko‘rsatildi).
Тот момент, когда с разницей в 10 минут то отрицаешь новые выборы, то уже обещаешь избрать вообще кого угодно и новую конституцию pic.twitter.com/bqA72vuvjM
— Чай з варэннем (@belteanews) August 17, 2020
Avvalroq Minsk tirkamali traktor zavodi (MZKT) ishchilari bilan uchrashuvda Aleksandr Lukashenko hokimiyatni ko‘cha harakatlari bilan emas, konstitutsiyaviy jarayon orqali qayta taqsimlashga chaqirdi. U hozirda vakolatlar qayta taqsimlanishini ko‘zda tutuvchi mamlakat konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini eslatdi. Janob Lukashenko takroriy saylovlar bo‘lmasligini, chunki "MZKT ham, MAZ ham, BelAZ ham bo‘lmasligini" bildirdi. Keyinchalik, prezident Minsk avtomobil zavodi (MAZ) ishchilari bilan uchrashuvda, agar odamlar ko‘chalarga chiqsa, rasmiylar "chidab turishadi", ammo odamlar "aynisa" javob berishini aytdi.
Bir kun oldin janob Lukashenko Minskdagi o‘z tarafdorlari bilan suhbatlashdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uni qo‘llab-quvvatlagan mitingga 65 ming kishi kelgan. Shu kuni ovoz berish natijalariga qarshi aksiya o‘tkazildi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtga 200 minggacha namoyishchi kelgan.
Aleksandr LukashenkoYangi Prezident SaylovlariKonstitutsiya O‘zgartirishMZKT IshchilariMinsk MitingiOvoz Berish Natijalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar