09:28 / 19.08.2020
2 510

Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasi dekabrdan sotuvga chiqishi ma’lum qilindi

Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasi dekabrdan sotuvga chiqishi ma’lum qilindi
Foto: Getty Images
Xitoyning Sinopharm farmatsevtika korporatsiyasi koronavirusga qarshi inaktivatsiya qilingan vaksinasini 2020 yil dekabridan sotuvga chiqaradi. Vaksina narxi 150 dollar atrofida bo‘ladi. Bu haqda korporatsiya boshqaruvi raisi Lyu Szinchjen ma’lum qildi.

Vaksinaning uchinchi xalqaro klinik sinovlari yakunlangandan keyin uni ro‘yxatdan o‘tkazishga o‘tish mumkin bo‘ladi. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, vaksina joriy yil dekabri oxirida bozorda paydo bo‘lishi mumkin”, deb ma’lum qilgan Szinchjen.

Kompaniya rahbarining ta’kidlashicha, Pekindagi biopreparatlar tadqiqot instituti vaksinadan yiliga 120 mln dona, Uhandagi biopreparatlar instituti 100 mln doza ishlab chiqarishi mumkin.

Szinchjen unga vaksinadan ikkita in’eksiya qilingani va unda hech qanday ikkilamchi ta’sirlar kuzatilmaganini qo‘shimcha qilgan.
Vaksina bozorga chiqqach, narxi yuqori bo‘lmaydi, u bir necha yuz yuan atrofida bo‘ladi. Vaksinaning ikkita in’eksiyasi narxi esa 1000 yuan (144 dollar) atrofida bo‘ladi”, deb ta’kidlab o‘tgan kompaniya rahbari.

Szinchjenning ma’lum qilishicha, agar vaksinadan bitta in’eksiya qilinsa, unda himoya darajasi 97 foiz atrofda bo‘ladi, antitanalar asta-sekin hosil bo‘ladi. Organizmda antitanalar koronavirusga qarshi kurasha oladigan miqdorga yetishi uchun emlashdan keyin odatda yarim oy vaqt talab etiladi. Agar ikkita in’eksiya qilinsa, himoya darajasi 100 foizga yetishi mumkin.

Birinchi va ikkinchi emlash orasidagi oraliq 28 kunni tashkil qiladi. Ba’zi istisnoli hollarda ikkita in’eksiyani bir vaqtda – chap va o‘ng kurak ostiga kiritish mumkin. Har bir emlashda vaksinadan 4 mikrogramm kiritiladi”, deb ta’kidlab o‘tgan Szinchjen.

Uning aytishicha, Xitoyning butun 1,4 mlrd aholisini emlash shart emas: emlashni mamlakatning aholi zich joylashgan hududlarida mehnat bilan band bo‘lgan odamlarda o‘tkazish zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasi dekabrdan sotuvga chiqishi ma’lum qilindi